Bola tarbiyasida otaning roli.
"Фарзандлари соғлом юрт-қудратли бўлур"Axloqimiz binosining go’zal va chiroyli bolishida tarbiyaning ta’siri kattadir. Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalar asosida tarkib topib borgani tarixdan ma’lum. Tarbiya masalasida oila boshi bo’lmish otaning
roli kata. Ayniqsa oiladagi o’g’il bola tarbiyasida esa aloxida axamiyatga ega. Chunki oilaning ustini bolmish ota o’z o’g’liga hayot tajribalari orqali tarbiya beradi va katta hayot saxnasida o’z rolini bajaradi.
Ko’chada o’ynayotgan uch to’rt yoshli bolakaydan katta bo’lsang kim bolasan degan savolga “dadam” bo’laman degan javobni olasiz. Bir qarashda oddiy tuyilgan bu so’z zamirida ulkan ma’no yotadi. O’g’il bola har doim otasiga o’xshashga harakat qiladi va otadan o’rnak oladi. Uning pisixologiyasi otaning hatti harakatiga qarabo’zgarip boradi.donishmandlardan biri luqmoni hakim ham bu borada o’z fikirlarini “Luqmoni Hakimdan o’g’liga 365 o’git” asarida yozib qoldirgan.O’gitlarning birida shunday yozilgan “Ey aziz farzand! Unitmaki kibr va g’azab,takabbur va badjaxil kishilarning boshiga musibatlar keltiradi”.”O’g’ilginam do;stlaringni yomon so’zlar bilan ranjitib qo’yma.bolta odamning vujudini, achchiq so’z jonni yaralaydi”. Bu hikmatlardan shuni anglash mumkunki Luqmoni Hakim o’z hayot tajribalaridan biz farzandlariga ulkan tarbiyaviy meros qoldirgan.
Oiladagi o’g’il bola ertaga oila boshi,uning ustuni bo’lad. Otaning el-yurt oldida boshini baland,qaddini tik tutib yurishida ham farzandga bog’liq. Lekin oramizda bazi bir otalar ham birki ular o’z farzandlariga bee’tibor bo’lmoqda. Ertalabdan to kechgacha ishni baxona qilib bolalar tarbiyasini yolg’iz onaga tashlab qo’ymoqda. Bu bilan bir qatorda oiladagi o’z o’rni va vazfasini yo’qotib qo’ymoqda.Bunday sharoitda tarbiya olgan bola ertaga qanday inson bo’ladi. Ichishga ruju qo’ygan otani ko’rgan bola ongida qanday o’y-fikr paydo bo’ladi va bunday otadan qanday o’rnak oladi.
Bir o’n ikki yasharlar chamasidagi bola dokonga kirib dokon hodimidan sigareta so’radi.do’konchi qiziqib so’radi “Sigaretani nima qilmoqchisa” Bola dokonchiga qarab “Bugun dadamlarning tug’ilgan kunlari ularga sovg’a qilmoqchiman. Dadamga bu yoqadi”. Bu murg’ak qalb egasi dadasini xursant qilmoqchi,lekin oq va qorani ajratib bilmaydigan bolakay sigaretani yaxshi yomonligini qaydan bilsin.To’g’ri jamiyatimizda hamma bir xil emas. O’z farzandini yoshligidan o’qish o’rganish maqsadida yoshligidan turli fan to'garaklari va sport muassasalariga berishmoqda. Jamiyatimiz kelajaki yoshlar qo’lida.